Iqtisod
“Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2021-yil 13-iyuldagi Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.
Hukumat qaroriga asosan, mazkur mablagʻlardan 2022-2024-yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;
foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 %).
Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi yoshlar roʻyxati shakllantiriladi.
Yoshlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi.
Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan oʻz biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filiallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q