 
                   
                    Iqtisod
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotilishini eʼlon qildi.
Qayd qilinishicha, ushbu savdo jarayoniga “KPMG Valuation and Consulting” MCHJ eksklyuziv moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.
Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016-yilda Toshkent markazida qurilgan va “Hyatt” xalqaro brendining Oʻzbekistondagi birinchi mehmonxonasiga aylangan.
U Oʻzbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmogʻi boshqaruvida boʻlgan yagona besh yulduzli mehmonxonadir.
Mehmonxona shahar markazida, Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylashgan.
Umumiy yer maydoni 3,1 gektar, bino va inshootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Mehmonxona 8 qavatdan iborat boʻlib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalarni mavjud.
Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlari darajasida jihozlangan turli sigʻimdagi bir nechta konferensiya zallari, shuningdek, 850 kvadrat metr maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109666
             109666
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q