Madaniyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida “Zukko Bolajon!” fotoalbomining taqdimot marosimi oʻtkazildi.
Toshkent muzeyida boʻlib oʻtgan taqdimot “Zukko Bolajon!” fotokoʻrgazmasining ochilishi bilan boshlandi. Shundan soʻng hamkor tashkilot vakillari soʻzga chiqib, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar va bugungi kunda hukumat tomonidan maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga qaratilayotgan eʼtibor haqida fikr bildirishdi.
Taʼkidlanishicha, “Zukko Bolajon!” fotoalbomini yaratish uchun malakali pedagog, bolalar psixologi, loyiha koordinatori, dizayner, fotograf va rejissyorlardan iborat ishchi guruh shakllantirilgan. Uni tayyorlashda asosiy eʼtibor bolalar tafakkurini oʻstirish, sharqona tarbiyani zamonaviy uslubda yetkazishga qaratilgan. Albom uchun milliy anʼanalarimizga xos taʼlim-tarbiya hamda odob meʼyorlarini yodga soladigan 51 holat oʻzida aks etgan maxsus ssenariy yozilgan.
Fotoalbomdan maktabgacha taʼlim muassasalarida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, turli bolalar tashkilotlari hamda oilada farzandlar tarbiyasida foydalanish mumkin.
Taqdimot davomida “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ijodiy guruhiga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar hamda bolajonlar uchun sovgʻalar taqdim etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q