Jamiyat
Prezident Farmoniga koʻra, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Kambagʻal oilalar reyestri” shakllantiriladi.
Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish ishlari natijalariga asoslaniladi.
Shu hisobda, keyingi yilning 1-yanvaridan:
▪️ kam taʼminlangan oila farzandlari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band boʻlmagan aʼzolari ishga joylashganda, oʻzini oʻzi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganda, ushbu nafaqa va moddiy yordamni toʻlash ularning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi (biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga);
▪️ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlanadi;
▪️ kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q