JCh-2026 saralash. 2-turning ramziy jamoasi tuzildi

Saqlash
17:06 / 13.09.2024 502 0

Futbol boʻyicha Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi 2-tur doirasidagi bahslar yakuniga yetdi. Sofascore mazkur tur uchrashuvlarida qatnashgan oʻyinchilarning ramziy jamoasini tuzdi.

 

Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2 nafar aʼzosi – Eldor Shomurodov va Husniddin Aliqulov ham oʻrin olgan.

 

2-turda Qirgʻiziston terma jamoasiga 1-golni kiritgan Shomurodov ramziy roʻyxatda 8.4 ball olgan. Uchrashuvning muhim 2-goliga mualliflik qilgan himoyachi Aliqulovning harakatlariga esa 8.0 ball berilgan.

 

Foto: Sofascore

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2-turda Qirgʻiz Respublikasi mehmoni boʻlib, yakunda 2:3 hisobida gʻalaba qozongan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//