Jamiyat
Yigʻilishda tuman hokimlari, sektor rahbarlari kambagʻal oilalar xonadoniga kirib, bu yerdagi sharoitni oʻz koʻzi bilan koʻrsagina natija boʻlishi taʼkidlandi.
“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambagʻallik qisqarmaydi”, – dedi davlat rahbari.
Shu bois, kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladigan boʻldi.
Bunda mablagʻning 1,2 trillion soʻmi, avvalo, eng ogʻir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari oʻrnatishga beriladi.
Yana 2 trillion soʻm hisobidan esa eng ogʻir 500 ta mahallada elektr, yoʻl, internet va boshqa infratuzilma masalalari hal etiladi.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun vazirlar, oʻrinbosarlari va maslahatchilari, boshqarma boshliqlaridan iborat 250 nafar rahbarga eng ogʻir 1 mingta mahalla bogʻlab beriladi.
Shuningdek, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng ogʻir oila biriktiriladi.
Bundan tashqari, endi tadbirkor kredit olmoqchi boʻlsa, ularga faqat ehtiyojmand odamlarni ishga olish sharti qoʻyiladi.
Chunki agar tadbirkorga kredit berilsa, viloyatning har bir tumanida 1 tadan korxona ochib, unga 30 nafar ehtiyojmand oila vakilini ulushdor qilib kirgizadi va 4-5 million soʻmgacha oylik toʻlaydi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q