Jahon
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 9-sentyabr kuni nishonlanadigan mamlakat Mustaqilligining 33 yilligi oldidan fuqarolarini ogohlikka va vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi.
Tojikiston liderining rasmiy saytiga joylangan Mustaqillik tabrigida soʻnggi yillarda dunyodagi vaziyat keskinlashayotgani, zamonamizning tahdid va xatarlari, jumladan, terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyat borasida bosim va xavflar tobora jiddiylashib borayotgani taʼkidlanadi.
“Shunday notinch davrda gʻaflatda qolmaslik uchun biz doim ogoh boʻlishimiz, mustaqilligimiz va ozodligimizni himoya qilishga tayyor turishimiz kerak. Mamlakatdagi xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash nafaqat Hukumat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri, balki mamlakatning har bir vatanparvar fuqarosining asosiy vazifasidir” – deb yoziladi tabrikda.
U shuningdek, dunyo mamlakatlari iqlim oʻzgarishining qurgʻoqchilik, tabiiy ofatlar va infeksion kasalliklar tarqalishi kabi oqibatlariga duchor boʻlayotganini ham taʼkidlab oʻtgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111076
Jamiyat
94520
Jamiyat
90464
Jamiyat
74551
Jamiyat
//
Izoh yo‘q