Sport
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti etib saylandi, deb xabar berdi Olimpiada qoʻmitasi.
Maʼlum boʻlishicha, kecha, 8-sentyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida tashkil etilgan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasida tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar boʻlib oʻtgan.
Jumladan, tashkilotni vaqtinchalik boshqarib borayotgan Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylangan boʻlsa, yana 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yoʻli bilan aniqlab olingan.
Ahamiyatlisi, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afgʻonistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha tashkilot vitse-prezidentligi Otabek Umarov zimmasiga yuklatilgan.
Maʼlumot uchun, Umarov bungacha Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha vitse-prezident edi (muddati qisqa boʻlgan davr).
Xabarda taʼkidlanishicha, endi Otabek Umarov yangi lavozim orqali Osiyo qitʼasidagi 5 mintaqadan birida Olimpizm rivojiga masʼul boʻladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham OOKning Etika qoʻmitasi aʼzoligiga saylandi.
Maʼlumot uchun, mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos boʻlgan Kasimov avval ham ushbu sohada samarali mehnat qilgan. Xususan, hozirda u Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Yuridik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari sifatida ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Endilikda u osiyolik atletlar, yirik sport tadbirlariga mezbonlik qiladigan shaharlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida ish olib boradi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q