Sport
Kecha, Paralimpia bahslarining 9-kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 3 ta medal yozib qoʻyildi.
Jumladan, para dzyudochi Kumushxon Xodjayeva J2 klassining -57 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda kumush medalga sazovor boʻldi.
Para dzyudochi Uchqun Quranboyev ham J2 klassining -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda uchinchi oʻrin uchun kurashib, janubiy koreyalik Dongxun Kimni magʻlubiyatga uchratdi va bronza medali sohibiga aylandi.
Maʼlumot uchun, Quranboyev Tokio-2020 tatamilarida kechgan Paralimpia bahslarida oltin medalga ega chiqqan edi.
15 yoshli Shaxinaxon Yigitaliyeva esa yengil atletikaning F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida kumush medal sohibiga aylandi. Yosh sportchi murosasiz bahslarda 43.12 metr natija qayd etgan. Taʼkidlash lozim, u kelasi oy 16 yoshni qarshi oladi.
Bugungi bahslarda 15 nafar oʻzbekistonlik para-atlet bahslarga qoʻshiladi.
Quyida ularning chiqish vaqtlari koʻrsatilgan:


Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91364
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q