Sport
Parij shahrida oʻtayotgan bu yilgi yozgi Paralimpia oʻyinlari yakuniga yetmasdanoq Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.
Hozirda delegatsiya hisobida 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal bor.

Safiya Burxonova yadro uloqtirish bahslarida kumush medaliga sazovor boʻlganidan xabaringiz bor. Bugunning hisobidan, shuningdek, Tolibboy Yoʻldoshev disk uloqtirish sektorida bellashib, jamoaga 9-oltin medalni olib keldi.
57.28 metr natija qayd etgan Yoʻldoshev chempionlik bilan birga oʻz faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkichni ham qayd etdi.
Temurbek Giyazov ham jamoa hisobiga bronza medalini qoʻshib qoʻydi.
T64 klassida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Giyazov 2.03 metr balandlikka sakray olgan.
Taʼkidlash lozim, hali oldinda para yengil atletika, para dzyudo, para suzish, para pauerlifting va para kanoe boʻyicha oʻzbekistonlik para-atletlar oʻz chiqishlarini kutib turibdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozirgacha 20 taga yetdi (9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza).
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q