Talabalar taʼlim kreditini my.gov.uz portali orqali olishi mumkin

Saqlash
15:18 / 05.09.2024 1048 0

Oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida kredit ajratiladi.

 

Qonunchilikka koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

 

– oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;

 

– taʼlim krediti:

 

oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

 

oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratilishi belgilangan.

 

Bunda taʼlim krediti OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda, shuningdek, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlgandagina beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//