Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida ajratiladi

Saqlash
15:38 / 21.12.2021 902 0

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida maqsadli jamgʻarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining resurslari banklarga yillik 10 foizda joylashtiriladi.

 

Imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

 

aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

 

chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

 

bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

 

“Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga – 3 yilgacha hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 18 oygacha ajratiladi.

 

Kreditlar hokim yordamchisining tavsiyasi asosida ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//