Jahon
Hindistonlik amaldor gʻavvoslarga pul toʻlolmagani uchun daryoda choʻkib ketdi.
Xorij nashrlaridan birining yozishicha, xizmat uchun haq olmagan qutqaruvchilar choʻkayotgan odamni qutqarishdan bosh tortgan.
Gʻavvoslar jon talvasasida boʻlgan amaldordan 10 ming rupiya (taxminan, 1,5 mln soʻm) pul soʻragan.
Maʼlum boʻlishicha, bu odam 45 yoshli Aditya Vardhana Singha boʻlib, u Yuttar-Pradesh shtatida sogʻliqni saqlash departamenti direktori oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
Aditya choʻkishdan oldin, yaʼni 31-iyul kuni tushdan keyin doʻstlari bilan daryo boʻyida dam olayotgan boʻlgan.
Yaxshiroq suratga olish uchun u va uning doʻstlari tavsiya etilgan suzish maydonidan tashqarida qayiq olib, taqiqlangan joyda suzib borishgan.
Suratga tushish vaqtida esa Aditya sirpanib, suvga tushib ketgan.
“U suzishni bilar edi, lekin uni kuchli oqim olib ketdi”, deya voqeaga izoh bergan guvohlardan biri.
Qidiruv ishlariga nafaqat qutqaruvchilar, balki politsiya va xususiy gʻavvoslar ham qoʻshilgan. Biroq amaldorning tirigi ham, oʻligi ham topilmagan.
Adityaning doʻstlaridan biri amaldor daryoga qulaganini tasvirlar ekan, gʻavvoslar uni qutqarish uchun 10 ming rupiya toʻlamaguncha suvga tushishdan bosh tortganini aytadi.
“Bizda naqd pul yoʻqligini xabar qilganimizda, ular onlayn toʻlovni talab qilishdi. Pul kelib tushgach esa, ular suvga shoʻngʻishdi, ammo bu paytda Adityani allaqachon oqim oqizib ketgan edi”, — deydi u.
Rasmiylarning aytishicha, gʻavvoslar qayiq yoqilgʻisi uchun toʻlov puli soʻragan.
“Agar daʼvolarda zarracha haqiqat boʻlsa, biz gʻavvoslarga nisbatan qonuniy choralar koʻramiz”, — deya javob bergan politsiya ham.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q