“Qoʻshnilarimiz sport uchun ajratilgan pullarni ancha oqilona sarfladi” – qozogʻistonlik bloger

Saqlash
12:18 / 04.09.2024 1295 0

Qozogʻistonlik bloger, “Дядя Ваня” Telegram kanali admini qozogʻistonlik sportchilarning Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini tahlil qilib, Oʻzbekiston orqali tushuntirib bergan.

 

Olamsport xabariga koʻra, muallif oʻz materialida bu yilgi musobaqa “Qozogʻiston tarixida navbatdagi omadsiz Olimpiada” boʻlganini taʼkidlagan.

 

“Oʻzbeklar Parijda qoʻlga kiritilgan medallar boʻyicha Markaziy Osiyo rekordini oʻrnatishdi: 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza. Oʻz oʻrnida taʼkidlash lozim, qoʻshni davlatda qozoqlarga qaraganda, sport ehtiyojlariga deyarli 3 barobar kam mablagʻ sarfladi”, degan bloger oʻz blogida.

 

Bloger tahlil davomida qozoq sportchilarining nima uchun muvaffaqiyatsizlikka uchganining sababini quyidagicha keltirib oʻtgan:

 

“Yana bir sabab. Qozogʻistonda rivojlanishi uchun davlat mablagʻlari ajratiladigan ustuvor sport turlarining respublika roʻyxatiga 154 tasi kiritilgan. Shulardan: noolimpiya – 84, olimpiya – 46, qishki – 13, milliy – 11 ta. Bundan tashqari, baliq ovlash, petank, qutb sporti, penchak silat ham shular sirasiga kiradi. Bunday “saxiylik”ni faqat AQSh, Rossiya va Xitoy kabi qudratli davlatlar koʻtara oladi.“

 

“Дядя Ваня” Telegram kanali admini, shuningdek, sportga ajratilgan pul mablagʻlari sarhisobini ham keltirgan:

 

“2023-yilda Qozogʻiston Respublikasi hukumati sport ehtiyojlari uchun salkam 300 milliard tenge ( 573,5 million yevro) sarfladi. 60 milliardi respublika, 200 milliardi viloyatlar, qolgan mablagʻ davlat jamgʻarmasi hisobidan ajratildi. Masalan, Yevropada sportni davlat tomonidan moliyalashtirish boʻyicha yetakchilar Fransiya (13, 2 milliard yevro), Germaniya (9,8 milliard), Italiya (5,3 milliard), Ispaniya (5,1 milliard) va Niderlandiya (4,5 milliard) anchagina katta pul sarfladi. Qozogʻiston ushbu roʻyxatda 18-oʻrinni egallab turibdi.

 

Qozogʻiston sportga sarflanadigan mablagʻ boʻyicha Irlandiya (364 million yevro), Xorvatiya (213 million), Slovakiya (190 million), Litva (170 million) va Bolgariya (159 million) kabi davlatlardan oldinda. Biroq, bu mamlakat sportchilarining Parijdagi musobaqa davomidagi natijalari muvaffaqiyatli boʻldi”, deb yozgan bloger.

 

Uning tahliliga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlarining hech biri Qozogʻistonchalik katta pul ajratgani yoʻq.

 

“Bizning qoʻshnilarimiz ham sport uchun ajratilgan pullarni ancha oqilona sarfladi. Masalan, 2024-yilda Oʻzbekiston ushbu maqsadlar uchun 2 trln soʻm (144,6 million yevro) ajratdi. Bu Qozogʻistonnikidan 3,9 baravarga kam. Mahalliy sportchilar koʻpincha xorijda emas, balki Toshkent, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi zamonaviy 14 ta bazada mashgʻulot oʻtkazishadi. Ular Parijda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi. Qirgʻizistonda ham shunday qilishdi. Joriy mavsumda mamlakat 1,9 milliard som (20,3 million yevro) sarfladi, bu qozoqlarga qaraganda 28,2 baravar kam! Qoʻshnilarimiz mablagʻning katta qismini sport kurashlarini rivojlantirishga ishlatdi. Fransiya poytaxtida ular 6 ta (0-2-4) medal qoʻlga kiritdi”, deya qozogʻistonlik blogerning sozlarini keltiradi Olamsport.

 

Maʼlumot uchun, Olimpiya oʻyinlari yakunlanganidan soʻng Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Turizm va sport vaziri Ermek Marjikpayev oʻz lavozimidan ozod etilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//