Sport
Paralimpiyaning 4-kunida sportchilarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Kecha -80 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Asad Toshtemirov finalda meksikalik Luis Mario Najyerani 38:17 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionligi yoniga Paralimpiada oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi.
F57 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha Yorqinbek Odilov ham 50.32 metr natija bilan chempionga aylandi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Guljanoy Naimova esa finalda britaniyalik Emi Trusdeylga qarshi bahsda jarohat olib, jangni oxirigacha davom ettirolmadi va 2:8 hisobida yutqazib, bu safar kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi disk uloqtirish (F57) bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi final bahsida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Mohigul Hamdamova diskni 32.75 metrga uloqtirdi va Paralimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi jami medallar 11 taga yetdi — 5 oltin, 3 kumush va 3 bronza bilan paralimpiyachilarimiz umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q