Sport
JCH-2026 3-saralash bosqichida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston — KXDR oʻyini uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assosiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlash lozim, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 5-sentyabr kuni KXDRga qarshi oʻyin bilan 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi. Bahs “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.
Xabarga koʻra, futbol muxlislariga qulaylik yaratish va qalbaki chiptalar sotuvining oldini olish maqsadida iTicket.uz mobil ilovasi hamda “Bunyodkor” stadioni kassalarida chiptalar sotuvi yoʻlga qoʻyilgan.
Maʼlum boʻlishicha, chiptalar bahosi sektorlarga qarab farq qiladi. Bunda narx 30 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha etib belgilangan.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110232
Jamiyat
94351
Jamiyat
90231
Jamiyat
73669
Jamiyat
//
Izoh yo‘q