Jamiyat
“Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning bir qator yoʻnalishlar belgilab olindi.
Bular:
▪️ davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy va gumanitar sohalarni rivojlantirishda ularning salohiyatidan toʻlaqonli foydalanish;
▪️ jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini koʻzlagan, joylarda saqlanib qolayotgan dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;
▪️ davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish;
▪️ fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga koʻmaklashish yoʻlida taʼsirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini ragʻbatlantirish;
▪️ fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda ularning xorijdagi uyushmalari bilan hamkorligini mustahkamlash;
▪️ fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularga oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish.
Bundan tashqari, Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi oʻrinlarda – mahalliy kengashlar) hamda ularning huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining quyidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadigan boʻldi:
🔻 Oliy Majlis, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy kengashlar huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarini qoʻshib yuborish va ularning negizida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda – Fond) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi alohida boʻlinmalarini (keyingi oʻrinlarda – alohida boʻlinmalar) tashkil etish;
🔻 Fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolaridan iborat boʻlgan parlament palatalari vakillari har yili navbatma-navbat raislik qiladigan Parlament komissiyasini (keyingi oʻrinlarda – Parlament komissiyasi) tuzish, uning faoliyatiga manfaatdor vazirlik va idoralar hamda faol jamoatchilik vakillarini jalb etish;
🔻 fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash vakolatini Parlament komissiyasiga oʻtkazish;
🔻 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy kengashlar huzurida ularning vakolatiga kiradigan vazifalarni samarali amalga oshirishga koʻmaklashuvchi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan maslahat guruhlari faoliyatini jamoatchilik asosida yoʻlga qoʻyish.
Maʼlumot uchun, Fond jami 45 ta, shu jumladan, ijro etuvchi devon – 17 ta, alohida boʻlinmalar – 28 ta shtat birligidan iborat boʻladi.
Hujjatda taʼkidlanishicha, 2024-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-oktyabrga qadar Fond mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida toʻlanadigan quyidagi soliq turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi:
🔘 loyihaga mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilingan mutaxassislarning mehnatga haq toʻlash tarzida olgan daromadlaridan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi
🔘 nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mehnatga haq toʻlashga doir xarajatlari boʻyicha toʻlanadigan ijtimoiy soliq.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligining quyidagi takliflariga ham rozilik beriladi.
✔️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar aʼzolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan pul mablagʻlari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini oʻn besh million soʻmdan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha oshirish;
✔️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini ikki baravarga kamaytirilgan holda undirish.
Shu bilan birga, endi har yili kamida bir marotaba vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlariga tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning taʼsirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisida manfaatdor davlat organiga taklif kiritish huquqi beriladi.
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi.
Hujjatda keltirilishicha, Fond tomonidan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti ham taʼsis etiladi va u har ikki yilda bir marta nomzodlarga beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q