Mustaqillik bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishi maʼlum boʻldi

Saqlash
17:00 / 26.08.2024 785 0

Foto: Afisha.uz

 

Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni boʻladi, deya xabar qildi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.

 

Jumladan:

◽️ 31-avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

◽️ 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;

◽️ 2-sentabr — koʻchirilgan dam olish kuni;

◽️ 3-sentabr — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

 

Maʼlumot uchun, bayramning asosiy kuni boʻlgan – 1 sentabr 2024-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2-sentabr, dushanba kuniga koʻchiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//