Jahon
Amsterdam munitsipaliteti davlat xizmatchilariga josuslik xavfi tufayli xizmat telefonlarida Telegramdan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda BNR radiostansiyasi xabar berdi.
Ushbu taqiq apreldan buyon amalda boʻlsa-da, bu haqda ommaviy tarzda eʼlon qilinmagan. Amsterdam munitsipalitetiga vakil aʼzo Aleksander Sholtes soʻzlariga koʻra, messendjer huddi-ki, xaker, kiber jinoyatchi va narkosavdogarlarning boshpanasiga oʻxshaydi. Cheklovning yana bir sababi – josuslik xavfi ekani maʼlum qilingan.
2023-yilning martida Roskomnadzor bir qancha Rossiya kompaniyalariga Telegram, WhatsApp, Viber, Microsoft Teams, Snapchat va Discord kabi xorijiy messendjerlardan xizmat koʻrsatishda foydalanishni taqiqlagan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112174
Jamiyat
94858
Jamiyat
90931
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q