19-avgust — Ashuro kuni. Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish lozim — Musulmonlar idorasi

Saqlash
18:11 / 17.08.2021 1140 0

    Muharram oyi boshlanishining birinchi — Ashuro kuni 2021-yilning 19-avgust, payshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi.
    Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

    Esda tuting! Muharram oyining yolg‘iz o‘ninchi kunida emas, bu kunga qo‘shib, bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutish lozim.

    Ashuro kuni yaqinlarga kengchilik qilish – bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi, — deyiladi axborotida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//