Jamiyat
Madaniyat vaziri Ozod Nazarbekov “Ovoz” loyihasiga ajratilgan 2 mlrd soʻm pulning muhokamalarga sabab boʻlayotganiga munosabat bildirdi.
Vazirning taʼkidlashicha, bu loyiha bugungi kunda Oʻzbekistonning imijiga xizmat qiladi.
“Agar shu narsa jinoyat boʻlsa men roziman. Oʻzbekistonning imiji uchun. 76 ta davlatda eng toʻp, butun dunyoda musiqiy yagona shou mana shu boʻlib turib, agar shunga (ketgan) 2 mlrd (soʻm)ni malomat qilaversangiz, uyimni sotib boʻlsa ham olib kelib beraman shu pulni”, deydi u.
Nazarbekov mazkur loyihaning Oʻzbekistonga kirib kelgani Markaziy Osiyoning koʻzini ochib qoʻyganini qoʻshimcha qiladi. Bunga u boshqalar ham shu loyihada qatnashish uchun telefon qilinayotganini isbot sifatida keltiradi.
“Bizga shu kerakmasmi? Yurtimizning imiji uchun. Bitta sportchi ham shu ishni qilyapti borib. Imijimizni koʻtarib kelyapti. Bu ham shunga oʻxshagan Oʻzbekistonni yanada tanitadigan (loyiha)“, deydi Nazarbekov.
Madaniyat vaziri loyiha Oʻzbekistonning talantlarini birdan xalqaro maydonda koʻrsatib qoʻyayotganini urgʻulagan.
“Oʻzbekistondagi talantlar birdan xalqaro maydonda, yaʼni oʻsha 76 ta davlatda koʻrilyapti. 76 ta davlatda ularga eʼtibor tushyapti. Oʻzbekiston degan davlatni “karta”dan qidira boshlayapti odamlar. Shu kerak menga. Shu brendning ovoza boʻlgani kerak, xolos. Shuning uchun Oʻzbekistonga kirdi, bugun xizmat qilyapti. Darhaqiqat, shu koʻrsatuv orqali ham bizga Kubadan ishtirokchilar kelyapti, yana boshqa-boshqa davlatlardan ishtirokchilar kelyapti, qatnashyapti. Bu, ishoninglar, isteʼdodlarni yuzaga chiqishiga, respublikamizning imijiga xizmat qiladi. Boʻldi. Boshqa hech narsa bermaydi. Agar “yoʻq bu bizga kerakmas” desangizlar, mayli, unda bilmadim”, deydi vazir jurnalistlar bilan boʻlgan matbuot anjumanida.
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q