Madaniyat
21-28-dekabr kunlari yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, "Yoshlik" studiyasi tomonidan "Debyut – 2021" yoshlar milliy kinofestivali bo‘lib o‘tadi.
Unda yil davomida yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara qisqa metrajli filmlar tanlab olinib, g‘oliblar maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bir hafta davom etadigan milliy festivalda shuningdek, mahorat darslari, pitchinglar, turli janrdagi qisqa metrajli filmlarning taqdimoti, yoshlar uchun shou-konsertlar tashkil etiladi.
Kinofestival "Milliy kinematografiya – Yangi O‘zbekistonning timsoli" kinooyligi doirasida o‘tkazilayotgan bo‘lib, kinooylik 2022-yil 14-yanvargacha davom etadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
112295
Jamiyat
94972
Jamiyat
91093
Jamiyat
75856
Jamiyat
//
Izoh yo‘q