Sport
Bu yilgi yozgi Olimpiada Oʻzbekiston tarixidagi eng muvaffaqiyatli musobaqa boʻldi. Chunki oʻzbekistonlik atletlar bellashuvlarda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat 13 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Yakunda esa Oʻzbekiston 206 davlat orasida 13-oʻrinni, Markaziy Osiyo, MDH, Islom birdamligi, Iqtisodiy hamkorlik va Turkiy davlatlar tashkilotlari davlatlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.
Osiyoda esa Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin 4-oʻrinni egalladi.
Boks musobaqalarida oʻzbekistonlik sportchilar 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, eng yaxshi jamoa boʻldi.
Sovrindorlar quyidagicha:
Oltin medal:
🥇 Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg);
🥇 Ulugʻbek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg);
🥇 Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg);
🥇 Hasanboy Doʻsmatov (boks, -51 kg);
🥇 Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg);
🥇 Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (boks, -71 kg);
🥇 Lazizbek Mullojonov (boks, -92 kg);
🥇 Bahodir Jalolov (boks, +92 kg).
Kumush medal:
🥈 Akbar Joʻrayev (ogʻir atletika, -102 kg);
🥈 Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg).
Bronza medal:
🥉 Muzaffarbek Toʻraboyev (dzyudo, -100 kg);
🥉 Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg);
🥉 Gʻulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg).
Oldinroq Parij-2024 Olimpiadasida gʻolib boʻlganlarga qancha pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q