Siyosat
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar parlamentlari oʻrtasida oʻzaro samarali almashuvlarni rivojlantirish har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.
Oʻzbekiston yetakchisi isbot tariqasida mintaqa mamlakatlarining navbatdagi Parlamentlararo forumi kelgusi oyda koʻhna Xiva shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilganini maʼlum qilgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev madaniy-tarixiy merosi umumiy boʻlgan Markaziy Osiyo xalqlarining mintaqa kelajagi uchun daxldorligi, birdamligi, umumiy masʼuliyatni anglashini kuchaytirishga katta eʼtibor berish lozimligini urgʻulagan.
“Oʻylaymanki, “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona oʻtmish va umumiy kelajak” xalqaro media platformasining tezroq ishga tushirilishi ushbu yoʻnalishda muhim amaliy qadam boʻladi.
Mintaqa xalqlarining oʻzaro bir-birini tushunishi va birdamligini yanada mustahkamlash maqsadida mintaqaviy oʻziga xoslikni shakllantirishning amaliy jihatlariga bagʻishlangan ilmiy forum oʻtkazishni taklif qilamiz”, degan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti.
Bundan tashqari, yigʻilishda “Markaziy Osiyo yoshlar kun tartibi – 2030”ni ilgari surish va yosh avlodni hamkorlik dasturlariga jalb qilish uchun doimiy ravishda Innovatsion gʻoyalar va loyihalar mintaqaviy yoshlar tanlovini oʻtkazish ham taklif qilingan.
“Markaziy Osiyo taʼlim va akademik almashuv dasturini qabul qilish va mamlakatlarimizdagi yetakchi oliy oʻquv yurtlarining diplomlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqishni muhim deb hisoblaymiz.
Shuningdek, mintaqa davlatlarining iqtidorli talabalari oʻqishi uchun oʻzaro kelishuvlar asosida stipendiyalar ajratishni taklif qilamiz.
Ushbu loyihalarni batafsil muhokama qilish uchun Toshkent shahrida oktyabr oyida Markaziy Osiyo birinchi taʼlim forumini oʻtkazish niyatidamiz.
Mamlakatlaringiz milliy delegatsiyalari tarkibiga taʼlim vazirlari, yetakchi universitetlari rektorlari, olimlar va ekspertlari qoʻshilsa, biz bundan mamnun boʻlar edik “, degan Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida.
Oʻzbekiston yetakchisi turizm sohasini rivojlantirish uchun ham Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga bir qator hamkorlik takliflarini bildirgan.
“Turizm sektori mintaqaviy hamkorlikning yangi drayveriga aylanib bormoqda. Mamlakatlarimizdagi ichki mintaqaviy turistik oqim ulushi soʻnggi yillarda sezilarli darajada oshdi.
Turistik almashuvni kengaytirish maqsadida “Bitta tur – butun mintaqa” tamoyili boʻyicha milliy ay-di kartalarni oʻzaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini oʻrganib chiqishni taklif qilamiz”, degan Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q