Parij-2024. Atletlarning bellashuvlardagi yangilangan taqvimi eʼlon qilindi

Saqlash
22:51 / 09.08.2024 2549 0

9-avgust tuni medallar jamgʻaradigan kecha boʻlishi mumkin. Sababi, oʻzbekistonlik atletlar bugun 4 ta, ehtimoliy taxminga koʻra, 6 ta medal jamgʻarishi mumkin.

 

Bunda agar atletlar gʻalaba qilsa, 2 ta oltin, 2 ta bronza medal jamoa tarkibiga qoʻshiladi.

 

Quyida sportchilarning yangilangan taqvimi keltirilgan:

 

▪️ Erkin kurash – Razambek Jamalov — Viktor Rassadin (Tojikiston), (74 kg, yarim final) – 21:20 dan soʻng;

 

▪️ Erkin kurash – Gʻulomjon Abdullayev — Bekzat Almaz Uluu (Qirgʻiziston) (57 kg, bronza medali uchun) – 22:10 dan soʻng;

 

▪️ Erkin kurash. Javrail Shapiyev — Aaron Bruks (AQSH), (86 kg, bronza medali uchun) – 22:25 dan soʻng;

 

▪️Boks (71 kg) – Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Marko Alonso Verde (Meksika) (final) – 00:30;

 

▪️ Boks (92 kg) – Lazizbek Mullojonov — Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (final) – 01:34.

 

Bundan tashqari, Agar taekvondochilar – Jasurbek Jaysunov va Ozoda Sobirjonovaning raqiblari ham finalgacha yetib borsa, mazkur sportchilar ham bronza uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

Maʼlumot uchun, hozirda Oʻzbekiston delegatsiyasi jamoa hisobida 3 ta oltin, 2 ta bronza bilan 18-oʻrinda bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//