Sport
8-avgust kuni boʻlib oʻtgan jangda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschisi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini magʻlub etib, finalga yoʻl oldi.
92 kg dan yuqori oʻta ogʻir vazn toifasidagi yarim finalda 2020-yilgi jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov 2022-yilgi Yevropa chempioni va 2023-yilgi jahon chempionatida bronza medali sohibi boʻlgan nemis bokschisi Nelvi Tiafak bilan jang qildi.
Oʻzbekistonlik sportchi uch raundning barchasida 5:0 hisobini qayd etdi.
Finalda u Jamili-Dini Abudu (Fransiya) — Ayyub Gadfa (Ispaniya) juftligi gʻolibiga qarshi bahs olib boradi. Oltin medal uchun jang 11-avgustga oʻtar kechasi soat 1:51 da boʻlib oʻtadi.
Shu tariqa Bahodir Jalolov Hasanboy Doʻsmatov (51 kilogrammgacha), Lazizbek Mullojonov (92 kilogrammgacha) va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayevdan (71 kilogrammgacha) keyin finalga chiqqan toʻrtinchi oʻzbekistonlik bokschi boʻldi. Hali yana bir bokschi Abdumalik Xalokov yarim final jangini oʻtkazishi kerak.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q