Jamiyat
Qarzdorga kafil boʻlish eng muammoli jarayondir. Chunki kafil qarz toʻlanmaguncha qarzdorga sherik hisoblanadi.
Xoʻsh, qanday qilib kafillikdan qutilish mumkin. Quyida bir nechta sabab keltirilgan:
▪️ Kafillik bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlgach, yaʼni qarz toʻlangandan soʻng kafillik bekor qilinadi.
▪️ Shuningdek, bunday majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda oʻzgartirilgan taqdirda kafillik bekor boʻladi.
▪️ Kafillik bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilganida va bunda kafil yangi qarzdor uchun javobgar boʻlish haqida kreditorga rozilik bergan boʻlmasa, kafillik vazifasi tugaydi.
▪️ Bundan tashqari, kafil taʼminlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortsa ham kafil boʻlgan shaxs oʻz majburiyatidan ozod boʻladi.
▪️ Shartnomada koʻrsatilgan kafillik muddati oʻtganidan keyin ham kafillik bekor boʻladi. Agar bunday muddat belgilangan boʻlmasa, kreditor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga daʼvo qoʻzgʻatmagan taqdirda kafillik bekor boʻladi.
▪️ Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan va belgilanishi mumkin boʻlmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatmagan taqdirda kafillik bekor boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q