Parij-2024. Bugun 5 nafar atlet Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi

Saqlash
14:15 / 07.08.2024 1267 0

Parij-2024 yozgi Olimpia oʻyinlarining bugungi bahslarida Oʻzbekiston delegatsiyasidan 5 nafar atlet 3 ta sport turi boʻyicha qatnashadi.

 

Ular orasida kuni kecha boʻlib oʻtgan yunon-rum kurashi bellashuvlarida oʻz imkoniyatlarini saqlab qolganlar ham bor.

 

Jumladan, Vardanyan va Assakalov bronza medali uchun kurashadi. Chunki ular garchi chorak final bahslarida magʻlub boʻlgan boʻlsa-da, ularning raqibi finalgacha borgan. Bu esa mazkur sport qoidasiga koʻra, yengilgan raqibga bronza uchun kurashish imkonini beradi.

 

Kun davomida ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilarning startga chiqish vaqtlari quyidagicha:

🔲 Baydarka va kanoeda eshkak eshish (K1 500 metr) – Yekaterina Shubina – 12:30;

🔲 Baydarka va kanoeda eshkak eshish (K1 1000 metr) – Shaxriyor Mahkamov – 13:40;

🔲 Yunon-rum kurashi (-77 kg) – Aram Vardanyan – 14:00;

🔲 Yunon-rum kurashi (-97 kg) – Rustam Assakalov – 14:00;

🔲 Boks (+92 kg) – Bahodir Jalolov – 01:00.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//