O‘zbekistonda avtoraqamlar sotuvi uch barobarga ortdi

Saqlash
22:46 / 01.08.2024 327 0

O‘zbekistonda avtoraqamlarning sotuvi soni uch barobarga o‘sdi. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning birinchi yarmida avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 426,2 milliard so‘mlik 104,9 mingdan ortiq avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslarga va qolgan 3 foizi yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.

 

Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi — 1,7 million so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 517,1 million so‘mni tashkil qilgan.

 

Spot nashrining ma’lum qilishicha, eng qimmat “chiroyli” avtoraqamni Toshkent shahridan yuridik shaxs sotib olgan. Boshlang‘ich narx bilan solishtirganda, avtoraqam belgilarining narxi ikki-uch barobarga oshgan. Ikkinchi o‘rinda 10-iyul kuni 508 million so‘mga sotilgan “chiroyli” avtoraqam turibdi.

 

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi. Hozirda raqam belgilari o‘sib boruvchi raqamlash ketma-ketligi bo‘yicha beriladi, harflar va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan auksion orqali sotilgan raqamlar bundan mustasno.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//