Maoshini ololmagan obodonlashtirish xodimlari Chilonzor hokimligi binosi oldida toʻplandi

Saqlash
17:07 / 18.12.2021 953 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilib, hokimlik binosi oldiga yigʻilgani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tuman hokimi Shavkat Mavlonov xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazgan. Muloqot jarayonida ishchi xodimlarning dekabr oyi avans maoshlari kechiktirilayotganligi maʼlum boʻlgan.

 

Tuman moliya boʻlimi holatga izoh berarkan, Moliya Vazirligi va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining tegishli buyruqlariga koʻra, mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan 1-darajali maosh oylik toʻlovlari har oyning 20 sanasiga qadar toʻliq moliyalashtirilishi mumkinligini asos qilgan.

 

“Shunday boʻlsada, tuman Moliya boʻlimi tomonidan ishchi xodimlarga tegishli mablagʻlar «Ipoteka” banki Chilonzor filialiga oʻtkazilib, xodimlarning maoshlari plastik kartalariga soat 12 da oʻtkazib berildi», deyiladi xabarda

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//