Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda quyi palata deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyatidan jami 7853,3 gektar yer maydoni (shundan 3250,1 gektari qishloq xo‘jalik yerlari) Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Jumladan:
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar yer maydoni (“Chorbog‘”, “Belariq”, “Fayzli”, “Jaloyir”, “Nomdanak”, “Qumariq”, “Xonobodtepa”, “Taraqqiyot”, “Qorasuv”, “Xonobod”, “Qushbegi”, “Sohibkor”, “Istiqlol”, “Nurafshon” MFYlar) Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar yer maydoni (“Gulbog‘”, “Yik ota” MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar yer maydoni(“Bektemir”, “Nurafshon”, “Namuna”, “Yangi hayot”, “Alisher Navoiy” MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar yer maydoni (“Geofizika”, “Alisherobod”, “Chingeldi”, “Do‘stlik”, “Taraqqiyot”, “Barkamol”, “Bog‘ishamol”, “Vatanparvar”, “Amir Temur”, “Mevazor”, “Gulbog‘”, “Gulzor-1”, “Pastki yuz” MFYlar) Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar yer maydoni (“Jarboshi”, “Tashisti”, “Ibrat”, “Mirishkor”, “Arg‘in”, “Bahor”, “Chinor”, “Tovkentepa” MFYlar) Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;
Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Bektemir tumani tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q