Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 16-dekabr kuni “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qaror tomorqa xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish, shuningdek, har bir tumanda tomorqa yer egalari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.
Hujjat bilan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlariga hokim yordamchilari bilan birgalikda quyidagi yangi vazifalar yuklatildi:
- tomorqa xoʻjaliklari bilan agrosanoat klasterlari, tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalarni jalb etgan holda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishga koʻmaklashish;
- aholi xonadonlarida, qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qoʻy va echki, 5 ta asalari uyasi boqishni tashkil etish;
- mahsulot yetkazib beruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantirgan holda, joylarda “tarqatish va mahsulotlarni yigʻib olish boʻyicha mobil xizmatlar” faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- «xonadonbay» ishlash asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va hudud aholisining tajribasidan kelib chiqqan holda tomorqa xoʻjaliklarini “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish;
- har bir mahallada kooperatsiya asosida parranda, quyonchilik, qoʻy-echkichilik, asalarichilik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarni aniqlash.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q