Siyosat
Farruh Farxodjonovich Omonov Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
U 2025-yil 30-iyul kunidan buyon PA Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi, undan avval PA Axborot taʻminoti va OAV bilan aloqalar shuʻbasi mudiri boʻlib ishlagan.
Farruh Omonov 1988-yil 19-dekabrda tugʻilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. U dastlab Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasida qator vazifalarda faoliyat olib borgan.
Omonov hukumatning 2020-yil 30-oktabrdagi qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari etib tayinlangan. Oradan bir yil oʻtib, 2021-yil dekabrida Prezident administratsiyasi shoʻba mudiri lavozimida ish boshlagan.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112082
Jamiyat
94766
Jamiyat
90796
Jamiyat
75594
Jamiyat
//
Izoh yo‘q