Sport
2026-yil mart oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga “Manchester Siti”da eng yaxshi oʻyinchi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati maʻlum qildi.
Ovoz berish jarayonida 22 yoshli futbolchi yarimhimoyachilar Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirgan.
Husanov mart oyida “shaharliklar” safida 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, jamoasi bilan Liga kubogini qoʻlga kiritgan.
Qayd etilishicha, bu uning Manchester klubidagi faoliyati davomida uchinchi bor oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilishi. U bundan avval 2025-yil yanvar va 2026-yil fevral oylarida ham mazkur nominatsiyada gʻolib chiqqan edi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q