Sport
Bu mavsumdan boshlab Osiyo chempionlar Ligasi oʻtkazilmaydi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur turnirning oʻrniga 2 ta liga tuziladi.
Bular:
▪️ Osiyo Elit chempionlar Ligasi;
▪️ Osiyo chempionlar Ligasi 2.
OFK musobaqa nufuzini oshirish hamda yanada koʻproq muxlislarni jalb etish maqsadida yangicha format ishlab chiqqan boʻlib, endi bunda klublarning iqtisodiyotiga ham eʼtibor qaratilgan.
Jumladan, Osiyo Elit chempionlar Ligasida gʻolib jamoa bir mavsumning oʻzida 12 mln dollar ishlab olishi mumkin.
Yaʼni:
✔️ Guruhdan chiqish – 800 ming dollar;
✔️ Nimchorak final – 200 ming dollar;
✔️ Chorak final – 400 ming dollar;
✔️ Yarim final – 600 ming dollar;
✔️ Chempion – 10 mln dollar.
Shuningdek, agar jamoa finalda yutqizib qoʻysa, bu bosqich uchun 4 mln dollar oladi. Shu hisobda, finalgacha yetib kelgan klub bir mavsumning oʻzida musobaqadan 6 mln dollar ishlab topadi.
Taʼkidlash lozim, sobiq Osiyo chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan jamoa atigi 3 mln dollar mukofot olar edi. Osiyo Elit chempionlar Ligasi esa sobiq liganing takomillashgan variantidir.
Mazkur ligada qitʼa Sharq va Gʻarbga boʻlingan (12 ta jamoadan). Unda 24 ta jamoa ishtirok etadi. Hozirda Gʻarbning 11 ta jamoasi aniq. Bu yilgi mavsum musobaqasida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan Paxtakor klubi ishtirok etadi.
Gʻarb mintaqasida kurash olib boradigan 12 ta jamoadan 8 tasi keyingi bosqichga chiqadi.
Bunda har bir klub 8ta har xil jamoaga qarshi 4ta uy va 4ta safar oʻyinini (4 ta jamoa bilan uy uchrashuvi, 4 ta boshqa jamoa bilan safar uchrashuvi) oʻtkazadi.
Bunda turnir liga koʻrinishida oʻtkaziladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q