Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi.
Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 36-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktyabr, yakshanba kuni oʻtkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksida belgilangan muddatlardan kelib chiqib, bugundan, yaʼni 2024-yil 26-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasiga start berilib, Kalendar reja tasdiqlandi.
Shu hisobda, 2024-yil 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q