Bolalarni necha yoshdan sport toʻgaraklariga bergan maʼqul?

Saqlash
22:18 / 25.07.2024 622 0

Bolani sportga berish hozirda eng ommalashayotgan harakatdir. Bir tarafdan sportga qaratilayotgan eʼtibor buning muhim omili boʻlsa, boshqa tarafdan bolaning sogʻlom boʻlishi uchun ham sport eng yaxshi yordamchidir.

 

Xoʻsh, bolani necha yoshdan sport toʻgaraklariga bergan maʼqul?

 

Quyida mutaxassislarning tavsiyalari keltiriladi.

 

▪️ 2 yoshdan boshlab:

➖ Suzish;

➖ Raqs;

➖ Gimnastika;

➖ Yugurish velosipedi;

➖ Bolalar uchun yoga;

➖ Tramplinda sakrash.

 

▪️ 3-4 yoshdan boshlab:

➖ Changʻida uchish;

➖ Jang sanʼati;

➖ Tennis yoki stol tennisi;

➖ Golf;

➖ Gʻildirakli konkida uchish;

➖ Figurali uchish.

 

▪️ 5-6 yoshdan boshlab jamoaviy sport turlari:

➖ Futbol;

➖ Xokkey;

➖ Suv polosi;

➖ Golf;

➖ Regbi;

➖ Tennis;

➖ Voleybol;

➖ Basketbol;

➖ Badminton;

➖ Gandbol va boshqalar.

 

▪️ 7-10 yoshli bolalarni shikastlanish xavfi yuqori boʻlganlaridan tashqari deyarli barcha sport turlariga qoʻyish mumkin.

 

Muhimi bolaning xohishidir. Chunki bu yoshda bola allaqachon oʻzining sevimli sportini tanlay oladi.

 

Bu yoshdagi eng mashhur sport turlari:

Qizlar uchun – badiiy gimnastika, raqs, yengil atletika, figurali uchish, sinxron suzish, voleybol va boshqalar;

Oʻgʻil bolalar uchun – futbol, ​​tennis, basketbol, ​​jang sanʼati, xokkey, ogʻir atletika va boshqalar.

 

Mutaxassislar bolani toʻgaraklarga borishga majburlashni tavsiya qilmaydi.

 

▪️ 11-13 yoshli bolalar:

 

Tadqiqotga koʻra, 11 yoshli bolalar allaqachon oʻzlarini katta deb hisoblay boshlaydi. Ularning koʻpchiligi oʻz iqtidorlarini namoyish eta oladigan koʻcha sportini sevimli mashgʻulot sifatida tanlashi buning isboti.

 

11-13 yosh bu sportga qoʻyish uchun kech davr hisoblanmaydi.

 

Masalan, aksariyat murabbiylar aynan 11-13 yoshda bolalarni sinchiklab tekshirib, ular orasidan eng isteʼdodlilarini professional sportga jalb etish uchun tanlab oladi. Yaʼni ota-ona farzandining istiqboliga ishonadimi, unda 11-13 yoshida ham sportga jalb qilishga kech emasligini tushunishi lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//