Ilm-fan
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻzbekistonning Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilishiga izoh berdi.
Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning maʼlum qilishicha, joriy yilning 7–14-iyul kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida oʻtkazilgan 35-Xalqaro Biologiya olimpiadasida Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey pedagogi tomonidan oʻquvchisiga yordam berishga harakat qilingan.
Yaʼni, olimpiada nazorat materiallarini ingliz tilidan oʻz ona tillariga tarjima qilish jarayonida haqiqatdan ham qoʻshimcha belgilardan foydalanish holatlari aniqlangan
Shundan soʻng, mazkur holat boʻyicha tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻquvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilingan.
“Shuni alohida taʼkidlash lozim: keyingi yilda Oʻzbekiston jamoasi ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan.
Bu boʻyicha aniq qaror 2025-yil olimpiadasiga taklifnoma joʻnatish jarayonida maʼlum boʻladi”, deydi vazirlik rasmiysi.
Maʼlumot uchun, bu yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar oʻquvchi ishtirok etgan. Shuningdek, 3 nafar jamoa rahbari va oʻz hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-oʻqituvchi ham qatnashgan.
Oldinroq Oʻzbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q