Jamiyat
«Uzbekistan Airways» Mustaqillik bayramiga munosabati bilan joriy yilning 1 sentyabrdan 5 sentyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalarni e’lon qildi.
Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi;
• Yakka tartibdagi yo‘lovchilar 30%;
• Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), o‘quvchilar, kollej, lisey, OTM talabalari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40%;
• Oilalar uchun 50% (2 va undan ortiq, ya’ni: er va xotin hamda ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);
• Pensionerlar uchun 50%;
• Nogironligi bor shaxslarga 50%;
• 1941-1945-yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50%;
• 1941-1945-yillarda urush frontida ko‘rsatgan fidokor mehnati va urush maydonida benuqson harbiy xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50%;
• Chernobil AES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirok chilar uchun 50%.
Yuqorida ko‘rsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga to‘lmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qo‘llash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan qo‘llash mumkin emas. Yo‘lovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q