Oʻzbekiston pasporti dunyodagi eng kuchli pasportlar reytingida nechanchi oʻrinda?

Saqlash
17:20 / 15.07.2024 2213 0

2024-yilgi Henley pasport indeksi (The Henley Passport Index) taqdim qilindi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilda “kuch” jihatidan 83-oʻrinda boʻlgan Oʻzbekiston 2024-yilgi reytingda 79-oʻringa koʻtarilgan(Kuba, Mongoliya va Mozambik pasportlari bilan birgalikda).

 

 

Henley pasport indeksi – bu, pasport egasining vizasiz tarzda dunyo davlatlariga kirishini hisoblab boruvchi nufuzli reyting.

 

19-yildan beri tuzilib kelayotgan indeks hozirda 199 ta pasport va 227 ta sayohat yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan boʻlib, foydalanuvchilarga ularning global kirish va harakatlanish imkoniyatlari haqida keng va ishonchli maʼlumotlarni taqdim etadi.

 

Maʼlumotda keltirilishicha, Singapur dunyodagi “eng kuchli” pasportga ega. Mazkur davlat fuqarolari 195 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin.

 

2-oʻrindagi “eng kuchli” pasport Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Ispaniya fuqarolariga tegishli boʻlib, ular 194 ta davlat hududida hech qanday viza olmasdan yurishi mumkin.

 

Eng oxirgi, 107-oʻrindan Afgʻoniston pasporti joy olgan. Bunda afgʻonlar oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 28 ta davlatga viza olmasdan borish imkoniga ega ekan.

 

Maʼlumot uchun, Markaziy Osiyo davlatlarining mazkur indeksdagi oʻrni quyidagicha:

▪️ Qozogʻiston pasporti – 67-oʻrin, 79 ta davlat;

▪️ Qirgʻiziston pasporti – 78-oʻrin, 65 ta davlat;

▪️ Oʻzbekiston pasporti – 79-oʻrin, 64 ta davlat;

▪️ Tojikiston pasporti – 82-oʻrin, 60 ta davlat.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//