Madaniyat
Olmaliq shahrida «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» respublika tanlovining Toshkent viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Maqsad, ilm-fan, san’at, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi talaba-yoshlarni rag‘batlantirishdan iboratdir.
Tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limining barcha hududiy vakillariga tashkilotchilar tomonidan kompyuter jamlanmasi topshirildi.
Jumladan, «Milliy maqom va milliy estrada» yo‘nalishida birinchi o‘rinni Angren shahridan Shahzod Abduqulov egalladi. Ikkinchi o‘ringa Ohangaron tumanidan Ortiqali Isroilov va Chinoz tumanidan Azizbek O‘rinboyev loyiq ko‘rildi. Uchinchi o‘rinni Qibray tumanidan Behro‘z Baxtiyorov, Parkent tumanidan Qudrat Shavkatov va Yangiyo‘l tumanidan Nozima Rahmonova egalladi.
«Tasviriy va amaliy san’at» yo‘nalishida birinchi o‘ringa Angren shahridan Abdurahim Uralov munosib qo‘rildi. Ikkinchi o‘rinni Chinoz tumanidan Nargiza Yo‘ldosheva va Qibray tumanidan Saydullaxo‘ja Rahmatov qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni Zangiota tumanidan Temur Botirov va Nurafshon shahridan Umid Ahmedov egalladi.
Shuningdek, «Adabiyot va publisistika» yo‘nalishida birinchi o‘ringa O‘rta Chirchiq tumanidan Otabek Isroilov turli mavzulardagi jurnalistik materiallari uchun loyiq topildi. Ikkinchi o‘ringa Angren shahridan Otabek Bakirov va Nurafshon shahridan Sevinch Azarovaga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa Olmaliq shahridan Dilafruz Toshpo‘latova, Quyi Chirchiq tumanidan Muhammad Yusufboyev va Ohangaron shahridan Shoira To‘laganova egalladi.
Barcha g‘oliblar tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Tashkilotlar tomonidan ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q