Jamiyat
Kirish imtihonida eng soʻraladigan savollarda tarixiy soʻzlar mazmuni, ayniqsa, xonliklar davridagi harbiy mansablar darajasi soʻraladi.
Quyida Qoʻqon xonligidagi harbiy mansablarning baʼzilari keltirilgan:
▪️ Mingboshi – Oliy Qoʻmondon;
▪️ Qoʻshbegi – oʻz qoʻshiniga ega beklik hokimi;
▪️ Botirboshi – beklikdagi harbiy ishning ahvoli uchun masʼul shaxs;
▪️ Valiy yoki voli (noib yoki noib-muovin) – artilleriya qoʻmondoni yoki viloyat va tumanlarda xonning oʻrinbosari;
▪️ Qalʼabon – harbiy qalʼalar uchun masʼul shaxs;
▪️ Qoʻrboshi – qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va omborxona boshligʻi;
▪️ Yovar – soqchilarning boshligʻi yoki amiri lashkar maxsus boʻlinmasi boshligʻi. Yovarlar xon devonining hujjatlarida gʻallagir (gʻalla oluvchi), javgir (bugʻdoy oluvchi) va sarpo oluvchi sifatida qayd etilgan;
▪️ Toʻpchiboshi – Toʻpchilar boʻlinmasi boshligʻi;
▪️ Toʻqsabo – oʻzlarining tugʻiga ega boʻlgan harbiy dastaning boshligʻi;
▪️ Ponsadboshi (ellikboshi; “elboshi” emas) – ellik nafarlik harbiy toʻbning sardori yoki 500 nafardan iborat harbiy qoʻshin qoʻmondoni;
▪️ Dahboshi (oʻnboshi) — oʻn nafarlik jangovar dastaning sardori;
▪️ Qorovulbegi – soqchilar va qorovullarning boshligʻi;
▪️ Xos soqchilar – harbiy harakatlar vaqtida askarlari ruhlantirib turadiganlar;
▪️ Qozi askar – harbiy harakat boshlanishidan oldin xon nomidan jihod eʼlon qilgan, oʻljani baholagan va qoʻshinning maʼnaviy qiyofasi uchun ham javobgar boʻlgan shaxs;
▪️ Qozi rais – qoʻshin muftiysi bergan fatvo ijrosini taʼminlaydigan shaxs;
▪️ 5 kishilik guruh – harbiy harakatlar chogʻida har bir boʻlinmada 5 kishilik guruh boʻlgan. Ular yarador boʻlgan askarlarni jang maydonidan olib chiqish hamda halok boʻlganlarni dafn etgan.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q