Jahon
Shotlandiya poytaxti Edinburgda kattalar uchun “Big Kid” bolalar bogʻchasi ochildi. U yerda 16 yoshdan oshganlar bolalik davriga qaytishi mumkin.
Bundan koʻzlangan maqsad – kattalarga oʻz muammolarini bir muddat unutishga yordam berish va bola boʻlishga imkoniyat yaratish.
Maʼlum boʻlishicha, bogʻchada vaqt oʻtkazmoqchi boʻlgan kattalar kishi boshiga 10 funtdan toʻlov qilishi lozim.
Bogʻchani pedagog Soleyl Kol 2023-yilda ochgan boʻlib, u yerga tashrif buyuruvchilar LEGO yigʻishi, hunarmandchilik qilishi, ertak tinglashi hamda qum qutisida oʻynashi mumkin.
Soleyl Kolning fikricha, mazkur loyihani qoʻllab-quvvatlayotganlar bogʻcha davrini sogʻingan odamlardir. Ular bu yerda miyalariga dam berishadi. Kundalik tashvishlardan uziladi.
Ajablanarlisi, bu yerga kelgan katta yoshlilar bolalar kabi muloqotning yangi usullaridan foydalanadi.
“Bu men amalga oshirgan eng mazmunli loyihadir”, deydi bogʻcha asoschisi.
Hozirda bunday turdagi muassasalarni Avstriya hamda Ispaniyada ham ochish rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q