Siyosat
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli ushbu suhbatda istiqlol yillaridagi demokratik o‘zgarishlar, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida oldimizda turgan ustuvor vazifalar, barcha sohalardagi tub o‘zgarishlar xususida so‘z yuritilgan.
Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovga bergan intervyusidan iqtiboslar:
* * *
Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub’yektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’yektiv zaruratdir.
* * *
Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir.
* * *
Ma’lumki, ajdodlarimiz azaldan “Zulm qilma, insofli bo‘l, xalq uchun adolat qo‘rg‘onini bunyod et”, deb yosh avlodga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatganlar. Biz ham sud-huquq tizimini isloh etishda ana shunday sodda va hayotiy talablardan kelib chiqdik. Xususan, “Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik bo‘lishi kerak” degan g‘oyani ilgari surdik va amalga oshirishni boshladik.
* * *
Taklif va tashabbuslar ilgarigidek faqat “tepa”dan emas, balki ko‘proq quyidan bo‘lmoqda. Ularni amalga oshirishda esa quyi, o‘rta va yuqori bo‘g‘indagi davlat boshqaruv idoralarining samarali hamkorligi ish bermoqda. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda.
Maqolani batafsil quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin: https://president.uz/uz/lists/view/4547
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q