Jahon
Tabiiy ofat – suv toshqinlari Qirgʻizistonni ham chetlab oʻtmadi – 28-iyun kuni Oʻsh viloyatining Novqat tumanini sel bosib, 9 kishining vafotiga sabab boʻldi. Qurbonlarning aksariyatini 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar tashkil qilgan. Ularning ikki nafari Qozogʻiston fuqarosi boʻlgani aytilmoqda.
.jpg)
Bundan tashqari, bir necha kun davom etgan kuchli yomgʻir oqibatida Oʻsh-Botken yoʻlidagi koʻprik qulab tushgan. Issiq koʻl yaqinidagi qishloqlardan birida esa loy oqimi janubiy qirgʻoqdagi yoʻlning bir qismini yuvib ketgan.
.jpg)
Qutqaruv ishlariga 700 kishi va bir necha oʻnlab maxsus, jumladan, aviatsion texnikalar jalb qilingan.
.jpg)
Voqea yuzasidan turli mamlakat prezidentlari Qirgʻiziston xalqiga va Prezidentiga hamdardligini bildirmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q