Sport
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibiga 3 nafar yoshi katta futbolchi qoʻshiladigan boʻldi.
Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze Parij Olimpiadasiga olib ketishi mumkin boʻlgan ushbu oʻyinchilarning nomini ochiqladi.
Ular:
◻️ Eldor Shomurodov (“Roma”);
◻️ Oston Oʻrunov (“Persepolis”);
◻️ Akmal Mozgovoy (“Nasaf”).
Maʼlum boʻlishicha, mazkur yoshi katta futbolchilar roʻyxati “Nasaf” himoyachisi Alibek Davronovning jarohati qay darajada jiddiyligi va davolanish davomiyligiga qarab oʻzgaradi. Yaʼni, yuqorida sanab oʻtilgan futbolchilardan biri qaysidir markaziy himoyachiga almashtirilishi mumkin.
Hozirda bu “katta ehtimol bilan, Husniddin Aliqulov” deya taxmin qilinmoqda.
Maʼlumot uchun, Parij Olimpiadasida Fayzullayev va Husanov ham ishtirok etadi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
112747
Jamiyat
95424
Jamiyat
92213
Jamiyat
76544
Jamiyat
//
Izoh yo‘q