Dogʻistondagi terror harakati ortidan 3 kunlik motam eʼlon qilindi. Asosiy maʼlumotlar

Saqlash
20:34 / 24.06.2024 672 0

23-iyun kechasi Dogʻiston uchun ogʻir keldi – respublikaning Derbent va Maxachqalʼa shaharlarida yoʻqotishlarga sabab boʻlgan terakt sodir etildi. “Oyina.uz” asosiy maʼlumotlarni sanab oʻtadi.

 

 

23-iyun kuni, kechki ibodatdan 40 daqiqa avval nomaʼlum shaxslar Dogʻistonning Derbent va Maxachqalʼa shahridagi 2 ta pravoslav cherkovi, sinagoga va yoʻl harakati politsiyasi postiga hujum qilgan. Terakt oqibatida 15 dan ortiq politsiya xodimi va bir qancha tinch aholi vafot etgan.​​​​​​ Mamlakat muftiyining maʼlum chilishicha, hujumda jarohatlanganlar soni 25 nafarni tashkil etadi.

 

 

Maxachqalʼadagi otishmalarda jarohat olib, shifoxonaga yotkizilgan 16 kishining 13 nafari politsiya xodimi, 3 nafari esa oddiy fuqaro boʻlgan. Mamlakatda terrorizmga qarshi operatsiyalar rejimi eʼlon qilinib, unda 6 nafar terrorchi yoʻq qilingan.

 

 

Terakt oqibatida vafot etganlar uchun Dogʻistonda 24-iyundan boshlab 3 kunlik motam eʼlon qilindi. Turli mamlakat prezidentlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham terakt boʻyicha Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//