Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16-18-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Seul shahrida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda Oʻzbekiston-Koreya doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish yoʻllari koʻrib chiqiladi.
Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlik boʻyicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi rahbariyati, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.
Tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
110647
Jamiyat
94422
Jamiyat
90313
Jamiyat
74106
Jamiyat
//
Izoh yo‘q