Jahon
Rossiyaning Tyumen shahrida maktab oʻquvchisi Hamster Kombat tufayli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qoldi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻquvchi oʻyin davomida telefon ekranini tinimsiz bosib, tanga yigʻishga mukkasidan ketgan va natijada psixiatr yordamiga muhtoj boʻlib qolgan.
Yaʼni, 14 yoshli bola oʻyinda maksimal ball toʻplash maqsadida har uch soatga budilnik qoʻygan. Chunki mazkur vaqt oraligʻida oʻyindagi tangalar yigʻilib qoladi. Aynan mana shunday odat natijasida oʻquvchida uyqu meʼyori buzilgan.
Uyqusizlik borgan sari uzoq davom etgan va oqibatda sakkizinchi sinf oʻquvchisida gallyutsinatsiya (yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish) yuz bergan. Shundan soʻng bolaning ota-onasi psixiatrga murojaat qilgan.
Hozirda oʻquvchi shifoxonada va ahvoli yaxshi.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110908
Jamiyat
94483
Jamiyat
90408
Jamiyat
74378
Jamiyat
//
Izoh yo‘q