Jamiyat
2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Buni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, koʻrsatkich 9,8 ming nafarga yoki 43,2 % ga oshganini koʻrish mumkin.
Maʼlumot oʻrnida, Tojikiston Respublikasidan keluvchi bemorlar davolanish maqsadida kelgan xorijliklar orasida koʻpchilikni tashkil etadi.
Quyida yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida taqsimlanishi keltirilgan:
◻️ Tojikiston — 24 018 nafar;
◻️ Qozogʻiston — 4 001 nafar;
◻️ Qirgʻiz Respublikasi — 3 546 nafar;
◻️ Rossiya — 532 nafar;
◻️ Turkmaniston — 300 nafar;
◻️ Turkiya — 17 nafar;
◻️ Afgʻoniston — 15 nafar;
◻️ Moldova — 5 nafar;
◻️ Ukraina — 5 nafar;
◻️ Belarus — 3 nafar;
◻️ Boshqa davlatlar — 19 nafar.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q